Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I.Xaliqberdiyev “Gulzor” mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida dasturlar ijrosi doirasida o‘quvchilar uchun qurib bitkazilayotgan yangi sport zalining holati, yaratilayotgan sharoitlar va qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
⚽️ Zamonaviy va qulay sport zali maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishiga xizmat qiladi.
🌱 Sog‘lom avlod — farovon kelajak!
Yoshlar uchun yaratilayotgan har bir imkoniyat — kelajakka qo‘yilgan mustahkam qadamdir.