Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Yoshlarni hayotga tayyorlash markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📍 Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasidagi loyihalar o‘rganildi
янв.21
📍 Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Yoshlar bandligi va mahalladagi ishlar o‘rganildi
янв.21
📍 Hududda obodonlashtirish va sanitariya ishlari nazorat qilindi
янв.21
📍 “Og‘ir mahalla”da amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi — yurtimiz bo‘ylab yuksak shukuh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda!
янв.21
📍 Do‘stlik mahallasida "Dolzarb 90 kun" dasturi ijrosi o‘rganildi
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati G. Dosova tomonidan deputatning saylov okrugi – "Istiqbol" mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish ishlari hamda ekin yerlaridan samarali foydalanish holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar hududlarining sanitariya holati, yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, hududlarni ozoda saqlash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud ekin yerlaridan unumli foydalanish, yer unumdorligini saqlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni asrashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Hududlarni obod va ekologik toza saqlash, yashil makonlarni ko‘paytirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi ishlar aholining hayot sifati va kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhitni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6