Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📢 Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.To‘raqulova O‘zbekobod mahallasida aholi bilan uchrashuvlar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining texnik holatini o‘rgandi.

Aniqlanishicha, Bodomcha (16 ta), Chaman (22 ta), Sarbon (15 ta), Dehqonobod (15 ta), Rohat (18 ta) va Hunarmand (20 ta) ko‘chalaridagi simyog‘ochlar eskirgan va yaroqsiz holga kelgan.

Mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3