Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Lyu Terakzor mahallasida bo‘lib, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar e’tirof etilib, kelgusida xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
✨ Mahalla taraqqiyoti — xotin-qizlar faolligi va tashabbuslari bilan yanada mustahkamlanadi!