Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M. Samandarova Dalvarzin mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligi masalalarini o‘rgandi.
Muloqotlar davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Yoshlar bandligi va ularning faolligini oshirish — mahalla taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.