Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📚 Kitob — ma’naviyat va taraqqiyot manbai

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Z. Esirgapova hamda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan D. Saidova Nayman mahallasidagi Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitoblarni keng targ‘ib etish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

📖 Ko‘chma kutubxona — kitobni kitobxonga yaqinlashtiruvchi, bilim va tafakkur sari yo‘l ochuvchi ezgu loyiha. Bunday tashabbuslar jamiyatda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2