🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Xolmurzayev va kotibiyat mudiri Q.Bobojonovlar Guliston mahallasi “yettiligi” bilan muloqot qildilar. Muloqotda mahalla hududida jinoyatchilikka qarshi kurash holati va aholi murojaatlari bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘yish, ko‘p qavatli uylarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari masalalari muhokama qilindi.
🔹Mahallada o‘tgan yili 35 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi tufayli jinoyatchilik bo‘yicha “sariq” toifadan “yashil” toifaga o‘tgan. Kuzatuv kameralarini to‘liq situatsiya Markazga biriktirish zarurligi qayd etildi.
🔹Mahalla “Yettiligi” kelgusidagi dolzarb vazifalarni hal etish kelishib olindi.