Yangiliklar

DEPUTAT MAHALLADA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati U.Rahimjonov Oltin vodiy mahallasidagi ko‘chalarni tunda yoritish holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi. 

🔹Tashrif davomida ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish holati, mavjud yoritish tizimlarining samaradorligi ham o‘rganilib, aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔹Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2