Yangiliklar

DEPUTAT “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati Dj.Shaxmayev Yangihayot mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va o‘z vaqtida to‘lab berish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, deputat mahalla fuqarolar yig‘inidagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikrlar almashildi.

Slide 1 of 3