Yangiliklar

DEPUTAT TIBBIY XIZMATLAR SIFATINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi deputati I.Qodirova O‘rikzor mahallasidagi O‘zbekiston oilaviy shifokorlik punktiga qarashli poliklinika filialida bo‘lib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shifokor va tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat tomonidan bepul berilishi belgilangan dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi. Tibbiy xizmat sifatini yaxshilashga oid choralar belgilash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga so‘rov chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 3