Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A.Ergashev yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
янв.21
Aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI  O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏆 Sog‘lom turmush tarzi: yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida
янв.21
🏫 Maktab yangi qiyofada: deputat tashabbusi amalda!
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: Sangzor MFYdagi sel yo‘llarining holati o‘rganildi
янв.21
Joylarda yo‘l infratuzilmasi va bajarilayotgan ishlar sifati nazorat qilinmoqda
Deputat so‘rovi yuborildi

Deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E.Hamroyev tomonidan Qiziriq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Z.Nodirovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori hamda xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 19-martdagi VII-18-24-8-113-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Mustaqillik” va “Gulzor” mahallalarida amalga oshirilishi belgilangan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari holati yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

Xususan, “Mustaqillik” mahallasidagi “Yakkatol”, “M.Behbudiy”, “Gulbuloq” va “Cho‘lobod” ko‘chalari hamda “Gulzor” mahallasidagi “Istiqlol” ko‘chasida belgilangan ta’mirlash ishlari bugungi kunga qadar bajarilmaganligi sababli, mazkur holat yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish, ishlarning amaldagi holati, ularni amalga oshirish muddatlari hamda ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil axborot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olingan.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Deputat_sorovi #E_Hamroyev

Slide 1 of 2