Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan guruh faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Lola Murotova, tuman deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Shokirova Durdona Bahodir qizi hamda Chilonzor tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni hududlardagi muammolarni aniqlash va hal etish jarayonlariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda “Yoshlar va deputat” shaklidagi uchrashuvlarni muntazam tashkil etishning ahamiyati ta’kidlandi.
Yakunda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda reja-grafikda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3