▫️Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan shahardagi 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurdi.
▫️Tashrif davomida xalq vakili jajji tarbiyalanuvchilarni bayram bilan qutlab, ularga shirinliklar va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, deputat bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar va taʼlim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.