Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tantanali bayram konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Saidova Nigora Rajaboyevna ham ishtirok etdi. Deputat bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, yoshlar ongida konstitutsiyaviy qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, kuy va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga yuksak kayfiyat, faxr va g‘urur tuyg‘usini ulashdi.

Slide 1 of 6