Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
📌 NAVBATDAGI SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
📊 Jumladan, sessiyada Shovot tumani hokimligi Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi rahbari I. Jumabayevning 2026-yil I yarim yillik faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitilishi belgilanganligi munosabati bilan sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
👥 O‘rganish jarayonida:
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Gulxumar Qurbanbayevna Dosova;
🔹 Kengash kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov;
🔹 Kengash kotibiyati hodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov ishtirok etdilar.
✅ O‘rganish davomida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 2026-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, iqtidorli yoshlar bilan ishlash hamda davlat dasturlari ijrosi yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilindi.
📋 Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada hisobotni har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqish, mavjud muammolar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2