Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
“Yoshlar 1+1” dasturi doirasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan “Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini amalga tatbiq etish orqali yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda belgilangan vazifalar izchil amalga oshirilmoqda.

Xususan, iyun–avgust oylarida mahallalarda ishsiz hamda mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “Yoshlar 1+1” dasturi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Dasturga muvofiq, har bir tadbirkorga bir nafardan yosh biriktirilishi orqali yoshlarni amaliy faoliyatga jalb etish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va kelgusida barqaror bandligini ta’minlash yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 1