Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
Sessiya oldidan ta’mirlash ishlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. To‘ychiyeva tomonidan Uchtepa MFY hududida mablag‘ ajratilgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Jumladan, Meyliyeva Sojida xonadonida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlarning sifati, energiya tejamkorlik talablari asosida olib borilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3