Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi yashil hududlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Kogon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yashil hududlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab hududidagi daraxtlar, gulzorlar, ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar hamda yashil hududlarning umumiy holati ko‘zdan kechirildi. Maktab hududida yaratilgan yashil muhit, o‘simliklarni parvarishlash ishlari va obodonlashtirish tadbirlari bilan tanishildi.

Shuningdek, hududda ekologik muhitni yanada yaxshilash, yashil maydonlarni saqlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘rganish jarayonida maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, daraxt va gullarni parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5