Monitoring jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz sharoitlar, guruh xonalarining zamonaviy jihozlanganligi, oziqlantirish, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy va o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, muassasaning moddiy-texnik bazasi, mavjud infratuzilma va undan samarali foydalanish darajasi ham tahlil qilindi.
Shuningdek, pedagog xodimlarning mehnat faoliyati, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonun talablariga amal qilinishi holati alohida e’tiborga olindi.
O‘rganish davomida muassasa rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi. Yakuniy xulosalarga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.