Ko‘tarilgan masalalar asosan mahalla faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, deputat murojaatlarni joyida o‘rganib chiqdi va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Shu jarayonda mahalla yetakchiligi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mavjud resurslardan foydalanish darajasi tahlil qilindi.
Fuqarolarga barcha masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi, mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmatlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Shu tariqa, aholi murojaatlari tezkor va samarali yechim topdi hamda mahalla faoliyati bo‘yicha aholining ishonchi va tushunchasi oshirildi.