✅ Tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan O‘zbekiston MFY hududidagi Temir yo‘lchi ko‘chasida transport harakati tartibsizligi va piyodalar xavfsizligiga tahdid mavjudligi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyev nomiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
✅ Mazkur so‘rov ijrosini ta’minlash maqsadida hozirda ko‘chada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun zarur tartibga soluvchi yo‘l belgilari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.