Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jizzax viloyat Kengashi deputati saylov okrugida saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman partiya tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
ZOMIN TUMAN KENGASHI FAOLIAYATI
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada tibbiy sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Jizzax viloyat Kengashi deputati saylov okrugida saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o'tkazdi

Jizzax viloyat Kengashi deputati deputati O.Mamatqulov ishtirokida Zomin tumani Dashtabod shahrida saylovchilar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Hududdan saylangan deputatlar, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Zomin tuman bo‘limi boshlig‘i, hududdagi mahalla yettiligi, mahalla fuqarolari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari, yoshlar hamda tegishli
tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
 

Uchrashuv avvalida deputat so‘zga chiqib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli islohotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Xususan, so‘nggi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, hududlarni kompleks
rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy sohalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat dasturlari haqida ham so‘z yuritildi.
 

Deputat o‘z nutqida tuman miqyosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi ijtimoiy obyektlar qurilishi, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, hududni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi. 

Sayyor uchrashuv davomida deputat o‘zining saylovchilar oldidagi faoliyati haqida hisobot berib, o‘tgan davr mobaynida
amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish, ularni joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Deputat saylovchilar bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
 

Shundan so‘ng uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etdi va fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Mahalla aholisi tomonidan qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, shaharchada nikohni qayd etish uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (FHDY) organini tashkil etish zarurligi haqida murojaat bildirildi. Bu masala fuqarolar uchun qulaylik yaratish, ortiqcha ovora-garchiliklarning oldini olish hamda aholiga davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish nuqtai nazaridan muhim ekani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash,
ichimlik suvi va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha ham taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, 2026-2030-yilarda Dashtabod shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan davlat dasturlari bilan tanishtirb o‘tdi, fuqarolarning murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy
yechim topish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
 

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar hududni yanada rivojlantirish, fuqarolar uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla hayotini yaxshilashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.
 

Deputat yoshlar tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor qaratdi. U o‘z nutqida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga sifatli ta’lim berish va zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni turli zararli g‘oyalar va salbiy ta’sirlardan asrash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etdi. 

Shu bilan birga, deputat bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan siyosiy jarayonlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. U globallashuv
davrida turli mintaqalarda sodir bo‘layotgan siyosiy o‘zgarishlar, xalqaro munosabatlardagi murakkab vaziyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida fikr bildirdi. Ayniqsa, bunday sharoitda yoshlarning mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashga ega, Vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan insonlar bo‘lib yetishishi muhim ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida deputat barcha fuqarolarni muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy tabriklab, ushbu muqaddas oy har bir xonadonga tinchlik, baraka va farovonlik olib kirishini tiladi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mahalladagi barcha opa-singillar, onaxonlarni chin dildan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va oilaviy farovonlik tiladi.

Slide 1 of 5