Tadbir davomida maktab hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarning holati o‘rganildi hamda ularning parvarishlanish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Reyd davomida ekilgan manzarali ko‘chatlarga shakl berish ishlari bilan ham yaqindan tanishildi.
Tadbir yakunida maktab ma’muriyatiga ekilgan ko‘chatlarni doimiy parvarishlab borish, ularning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.