Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zomin tumanida “Salomatlik marafoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xonadonma-xonadon yurib tushuntirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Jizzax viloyat Kengashi deputati saylov okrugida saylovchilar bilan sayyor uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tuman partiya tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
ZOMIN TUMAN KENGASHI FAOLIAYATI
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
Mahallada muammolar joyida o‘rganildi

Mahallada muammolar joyida o‘rganildi

️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E. Xamroyev o‘zi saylangan “Gulzor” saylov okrugiga qarashli “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

️O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

️Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar uchun qabul tashkil etilib, unda aholi tomonidan bildirilgan turli murojaat va takliflar joyida tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha masalani o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Qabul davomida ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga taklif va tavsiyalar berildi. Aholi bilan doimiy muloqot qilish, joylardagi muammolarni bevosita joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4