Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Murtaz Gaipov tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga asosan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
👥Qabul davomida jami 10 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Murojaatlarning 9 tasi davolanish va tibbiy yordam masalalariga, 1 tasi esa ishga joylashtirish masalasiga oid bo‘ldi.
Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olindi.
🤝Qabul jarayonida murojaatchilarning muammo va takliflari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
✅Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlariga yechim topish deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 9