Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat, Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi Zokir Mullajonov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida hududdagi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🏕 Xususan, a’lo baholarga o‘qib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishlari uchun bepul yozgi oromgoh yo‘llanmalari bilan ta’minlandi.
📚 Mazkur tashabbus bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom dam olishi, bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Deputat tomonidan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va ularning iste’dod hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish masalalari doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.