Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat Furqat Sarimsakov tomonidan tasdiqlangan qabul jadvaliga asosan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaati tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar nazoratga olindi.
Qabul jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.