Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi raisi M.Tuychieva tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxona faoliyati nazorat tartibida oʻrganildi.

 Oʻrganish jarayonida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondining holati hamda aholiga koʻrsatilayotgan
xizmatlar sifati koʻzdan kechirildi.  

  Shuningdek, deputat tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Suhbat davomida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, aholi ayniqsa yoshlarni kitob oʻqishga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.  

Slide 1 of 4