Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat, XDP a’zosi Sarimsakov Furqat O‘rolovich tomonidan “Yangikent” mahalla fuqarolar yig‘inida nuroniylar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalla nuroniylari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy hayot, yoshlar tarbiyasi, mahallada osoyishtalikni ta’minlash hamda qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, nuroniylarning hayotiy tajribasi va taklif-mulohazalari tinglanib, ularni amaliyotda inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar kelgusida mahalla hayotini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.