Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 9-Nurobod saylov okrugi deputati M.Sarimova Zarbdor tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri Sh.Roziyevga deputatlik so‘rovi yubordi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi “O‘zbekiston Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayon doirasida Zarbdor tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborilib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanining o‘qitilishi holati yuzasidan umumlashtirilgan axborot taqdim etish so‘raldi.
Ushbu deputat so‘rovi yoshlarni yuksak ma’naviyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishga xizmat qiladi.