Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#nazorat #yettilik faoliyati

Olmaliq shahrida mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida o‘rganish maqsadida navbatdagi ishchi o‘rganish o‘tkazildi.

Bu galgi manzilda "Islom Karimov" mahalla yettiligi — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Infratuzilma va servis: Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari holati hamda liftlarning uzluksiz ishlash jarayoni;

✅ Obodonlashtirish: Mahalla hududidagi tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi;

✅ Ijtimoiy himoya: Fuqarolarga berilayotgan imtiyozlar, aholi bandligini ta’minlash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

✅ Yoshlar va xotin-qizlar: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar.

Suhbat davomida mahalla faollari va aholi vakillarining takliflari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7