Nurafshon shahar deputati Nuriddin Niyozov va Xalq deputatlari Kengashi mudiri K. Umarboyev tomonidan,
Ko‘p qavatli uy-joylarda liftlarning uzluksiz va soz holatda ishlashi hamda kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining tayyorgarlik darajasi deputatlar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida liftlarning texnik holati, xavfsizlik talablariga muvofiqligi va xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, isitish tizimlarining barqaror ishlashi, issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Ushbu o‘rganish aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratildi.