Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 8-Oybek saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi Ochilova Dilrabo Ravshan qizi tashabbusi bilan Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasida aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonma-xonadon o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganishlarda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi X. Umarov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi A. Tovboyev hamda ham ishtirok etdilar.
Jarayon davomida fuqarolarning bandlik, ijtimoiy ta’minot, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar belgilab olindi.
Mazkur tadbir deputatlik nazorati va aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman
Kengashi kotibiyati