Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Erta turmushning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Deputat “Miramiller” MCHJning eksport salohiyatini o‘rgandi
янв.21
Zarbdor tumanida deputat tomonidan xonadonma-xonadon tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
янв.21
Zarbdor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan joylarda ijtimoiy muammolar o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat Jasur Uskanov 5-son DMTTda Prezident Farmoni ijrosini nazorat qildi
янв.21
Taraqqiyot okrugida tibbiyot va ta’lim sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Mahallada jamoat xavfsizligi masalalari yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan Boyqishloq mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jinoyatchilikni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jinoyatchilikka olib keluvchi omillarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4