Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Isroilov va J.Yoqubov Sarmich mahallasi hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilayotgan mini-stadionda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan talablar asosida bajarilishi, sport maydonchasining foydalanishga tayyorlanishi hamda o‘quvchilar va mahalla yoshlari uchun qulay sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputatlar loyiha doirasidagi ishlarni sifatli tashkil etish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va qurilish jarayonini belgilangan talablar asosida yakunlash muhimligini ta’kidladilar.