Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Y. Ibragimov tomonidan “Qo‘shchinor” mahallasining ichki ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligi holati o‘rganilib, aholi bilan suhbat o‘tkazildi.
🚗Muloqot davomida fuqarolar tomonidan mahalla ichki ko‘chalarida avtomashinalarning tartibsiz va belgilangan talablarga rioya qilmagan holda to‘xtatilishi, ayrim hollarda esa piyodalar va boshqa transport vositalarining harakatlanishiga xalaqit berayotganligi yuzasidan e’tiroz va takliflar bildirildi.
⚠️Deputat tomonidan ushbu holatlarning piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar xavfsizligiga ta’siri yuzasidan tushuntirishlar berildi. Haydovchilarni transport vositalarini belgilangan tartibda to‘xtatish va mahalla hududidagi umumiy tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqirish muhimligi ta’kidlandi.
📌Shuningdek, ichki ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi va to‘xtab turishini tartibga solish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish bo‘yicha mavjud muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-son “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni yo‘l harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Qonunda yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, yo‘l obyektlari hamda transport vositalarining to‘xtab turish joylariga doir talablar belgilangan.
🤝Aholi murojaatlarini o‘rganish, mahallalarda xavfsiz va qulay muhit yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalarini deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqish ishlari davom ettiriladi.