“BILLUR” MAHALLASIDA “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. tomonidan “Billur” MFYda istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”da turuvchi fuqaro murojaati o‘rganildi.
🩺O‘rganish davomida fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammosi, jumladan, onkologik kasallik bo‘yicha tibbiy ko‘rik va davolanishga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan mas’ullar bilan tegishli choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi.
🇹🇷Fuqaroga Turkiyadan keladigan mutaxassislar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik va davolash bo‘yicha qabulga navbatga qo‘yish masalasida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
📌Mazkur ishlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha belgilangan tartiblar asosida amalga oshirilmoqda. Amaldagi tartibga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtojligi aniqlangan xotin-qizlarning salomatligi baholanib, zaruratga ko‘ra tegishli tibbiyot muassasasiga yo‘naltirilishi hamda davolanish masalalari hal etilishi belgilangan.
⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Mazkur hujjat bilan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilangan.
💙Aholi murojaatlarini tinglash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.