Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKOROBOD” MAHALLASIDA OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH — MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
“MINOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
51-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI BOG‘” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILISHI MASALASI O‘RGANILDI
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH — MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov N. tomonidan hududdagi xotin-qizlar bilan Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Dushanova hamda tuman otinoyisi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

📚Suhbat davomida erta nikohning yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va kelajakdagi oilaviy hayotiga ta’siri haqida fikr almashildi. Oila qurishga mas’uliyat bilan yondashish, nikohning qonuniy talablariga rioya etish, yoshlarning oilaviy hayotga ma’naviy va ijtimoiy jihatdan tayyor bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi.

⚖️Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi talablari ham tushuntirildi. Jumladan, nikoh tuzishning qonuniy shartlari, nikoh yoshiga rioya etish, nikohning ixtiyoriyligi hamda er-xotinning oiladagi huquq va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

👨‍👩‍👧‍👦Shuningdek, oilaviy ajrimlarning oldini olish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.

🌿Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat, sadoqat va oilaga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni yosh avlod ongiga singdirish zarurligi qayd etildi.

🤝Bunday uchrashuvlar oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, yoshlarning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish hamda mustahkam oilalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2