Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov hamda deputat A. Isroilov 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganishda qozonxonalarning texnik holati, isitish tizimlarining ishlashga tayyorligi hamda ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi va saqlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Qozonxonalar sozligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni mavsum boshlanishidan oldin bartaraf etish choralarini ko‘rish bo'yicha tavsiyalar berildi.