Xalq deputatlari Kengashi raisi, deputat X.Tilakov hamda deputat A. Isroilov Sarmich MFYdagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablari hamda taomnoma asosida ovqatlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mahsulotlar sifati va saqlanishini muntazam tekshirish, sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo'yicha tavsiyalar berdi.