Vatanga sadoqat, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — kelajak poydevoridir.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Vatan tayanchi” a’zolarining va’da berish marosimida ishtirok etdi.
Marosim davomida yoshlarning tantanali va’da berish marosimi o‘tkazilib, ularga ko‘krak nishonlari va medallar topshirildi. Tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, fidoyilik va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
Deputat yoshlarni bilim olishga, intizomli bo‘lishga, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishga undash muhimligini ta’kidladi.