Aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash va suv infratuzilmasining sozligini saqlash — muhim vazifalardan biri.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir mahallasidagi artezian suv qudug‘ining holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida quduqning texnik holati, ishlash samaradorligi va aholini suv bilan ta’minlashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi. Suv ta’minotida uzilishlarning oldini olish, quduqni muntazam nazorat qilish hamda zarur profilaktik ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tavsiyalar berildi.
Maqsad — mahalla aholisini barqaror suv bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani asrash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish.