Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKOROBOD” MAHALLASIDA OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH — MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
“MINOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
51-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGI BOG‘” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILISHI MASALASI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kunlik_ish_reja_ijrosi
📍 TIBBIYOT MUASSASASI FAOLIYATI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 5-sonli “Guliston–Galaguzar” saylov okrugidan saylangan deputat O.Umarovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasining “Navro‘z” hududiy bo‘limiga tashrif buyurildi.

🔹 Tashrif davomida hududiy bo‘limning bugungi kundagi faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Shuningdek, muassasada mavjud muammolar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔹 Aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✅ Bunday tashriflar hududlarda ijtimoiy soha muassasalari faoliyatini o‘rganish, aholi manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3