Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAMKOROBOD” MAHALLASIDA OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
QO‘SHCHINOR” MAHALLASIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
MAHALLADA YOSHLAR VA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
ERTA NIKOH VA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH — MUSTAHKAM OILA VA SOG‘LOM JAMIYAT ASOSI
янв.21
“MINOR” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
51-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA “AYOLLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
“MINOR” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILISHI MASALASI O‘RGANILDI
#Муносабат

Milliy yozuvni takomillaştiriş — til ravnaqi va zamon talabi

Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş masalasi tilimizning bugungi rivoji va kelajakdagi istiqboli bilan çambarças boğliq. Yozuvda aniqlikni ta’minlaş, imlo qoidalarini izçil şakllantiriş hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanişni qulaylaştiriş uşbu yönalişdagi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Alifbo — tilning yozma ifodasi, milliy madaniyat va ma’naviy merosni avlodlarga yetkazuvçi muhim vositadir. Shu bois yozuv tizimini takomillaştiriş masalasiga oddiy texnik özgarish sifatida emas, balki ta’lim sifati, savodxonlik va davlat tilining amaliy qöllanişi bilan boğliq muhim masala sifatida qarash lozim.

Taklif etilayotgan alifbo özgarişlari doirasida Ğ, Ö, Ş va Ç kabi harflardan foydalanish masalasi alohida e’tibor qaratilayotgan yönalişlardan biridir. Bunday yangiliklar yozuvdagi ayrim murakkabliklarni kamaytiriş, elektron matnlar bilan işlaşni yengillaştiriş va yozma nutqda yagona me’yorlarni şakllantiriş nuqtayi nazaridan muhimdir.

Özbek alifbosini takomillashtirish tilimizning zamonaviy taraqqiyot talablariga moslaşişi, yozuv madaniyatining yuksalişi va davlat tilining nufuzini mustahkamlaşga xizmat qilaşi lozim. Milliy tilga e’tibor — millatning ma’naviy taraqqiyoti va kelajagiga bölgan e’tibordir.

Aytgul Jolimbetova, 
Xalq deputatlari Möynoq tuman kengaşi deputati, ÖzXDP deputatlik guruhi a'zosi