♻️Ona tabiat — mehr va ehtiromga munosib bebaho ne’mat
🔰#munosabat
♻️Ona tabiat — mehr va ehtiromga munosib bebaho ne’mat
🇺🇿Saida Mirziyoyevaning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan «ONA. Ona tabiat» san’at ko‘rgazmasi haqidagi taassurotlari tabiatni asrash, unga mehr va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lish naqadar muhim ekanini yana bir bor eslatadi.
🏦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, tabiatni asrash — nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir. Ona tabiat ham mehrga, e’tiborga va doimiy g‘amxo‘rlikka muhtoj. Daraxt ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish, suvni tejash va atrof-muhitni ozoda saqlash har birimizning kundalik burchimizga aylanishi lozim.
🏦Ayniqsa, farzandlarimiz qalbida tabiatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat va ekologik mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish muhimdir. Zero, bugun ekilgan nihol ertaga soya-salqin, bugun singdirilgan ezgu qadriyat esa kelajakda mas’uliyatli avlod bo‘lib kamol topish uchun zamin yaratadi.
🏦“Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarimizni obod va ko‘kalamzor qilish, tabiatni asrashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish barchamizning vazifamizdir.
Habiba Karayeva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,