Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🎼 “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

🏛 O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son) ijrosi yuzasidan Kengash deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi mas’ullari bilan birgalikda o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, o‘quv jarayonini tashkil etish hamda madaniy-ma’rifiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish holati ko‘zdan kechirildi.
🎶 Shuningdek, o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud sharoitlar o‘rganildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va maktab faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.