🏛 O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-668-son) ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov, Kengash deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan 17-son Bolalar musiqa va san’at maktabi mas’ullari bilan birgalikda o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda madaniy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.