Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev tomonidan fuqarolar murojaatlari yuzasidan qabul o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi.
✍️Qabul davomida fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglanib, jumladan:
🔺Kommunal soha — elektr energiyasi, isitish tizimi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalalari;
🔺Ijtimoiy himoya — moddiy yordam, subsidiyalar va ijtimoiy ko‘mak masalalari;
🔺Bandlik va tadbirkorlik — ishga joylashish, imtiyozli kredit va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha murojaatlar;
🔺Uy-joy va huquqiy masalalar — uy-joyni ta’mirlash, hujjatlashtirish hamda mulk huquqiga oid muammolar.
✅Murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi. Aniqlangan muammolarni qonuniy tartibda hal etish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!