Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

479-SONLI DMTTDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sobura tomonidan 479-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

📌O‘rganish davomida ta’lim tashkilotida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud yong‘inga qarshi vositalarning holati, evakuatsiya yo‘laklari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

⚖️O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-226-son «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

👩‍🏫O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, bolalar uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlash hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3