Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yong‘in holati deputatlar nazoratida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullayeva Zuxra Ibragimovna tomonidan deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
❗️Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etilishi deputatlar nazoratida
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Muammolar joyida o‘rganildi: aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
MUAMMOLAR O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANMOQDA
янв.21
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 35-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#doimiy_komissiya 📌 Markaziy shifoxonadagi bemorlar uchun sharoitlarni yaxshilash masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida sog‘liqni saqlash muassasalarida bemorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Markaziy shifoxonada foydalanilayotgan eskirgan choyshablarni yangilash hamda bemorlar uchun yanada qulay va sanitariya talablariga mos sharoitlar yaratish maqsadida mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida Markaziy shifoxonadagi 850 dona eskirgan choyshablarni yangisiga almashtirish (sotib olish) uchun tuman tibbiyot birlashmasiga tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 100 million so‘m mablag‘ ajratish taklifi atroflicha muhokama etildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, davolanish jarayonida qulay va gigiyenik sharoitlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, masala yuzasidan tegishli xulosa berildi.

📍 Yakunda ushbu mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1